Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi ilm-fan va ta`lim masalalarida o`zaro tizimli hamkorlikni yo`lga qo`yish lozimligi ta`kidlandi, shuningdek, tomonlar shifokorlik amaliyotiga telemedisina texnologiyalarini joriy etish bo`yicha tajriba almashdilar, bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Ayni damda ikki mamlakat tibbiyot va ilmiy muassasalari o`rtasida o`zaro hamkorlik bo`yicha 10 ta kelishuv imzolangan. Bundan tashqari, yana 8 ta ana shunday hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Rossiyalik vazir ta`kidlashicha, bu darajadagi hamkorlik ikki mamlakat o`rtasida sog`liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi hamda ikki davlat fuqarolarining farovonligiga xizmat qiladi.
Suhbat yakunida Veronika Skvorsova Alisher Shodmonovni Moskvada bo`lib o`tadigan Jahon soqliqni saqlash tashkilotining Sil kasalligi bo`yicha birinchi global vazirlar konferensiyasida ishtirok etishga taklif etdi.