AsosiyJamiyat

​Tugatilayotgan 4 ta Akademik liseyning ro`yxati ma`lum bo`ldi

'​Tugatilayotgan 4 ta Akademik liseyning ro`yxati ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan moddiy-texnik va o`quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali 4 ta akademik lisey tugatilishi haqida xabar bergandik.

Aynan qaysi Akademik liseylarning faoliyati tugatilayotganligi ma`lum qilindi. Bular:

1.Andijon tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli Akademik lisey (o`quvchilar soni - 547)

2.Samarqand davlat arxitektura-qurilish institut qoshidagi 2-sonli Akademik lisey (o`quvchilar soni - 173);

3.Samarqand qishloq xo`jalik instituti qoshidagi 2-sonli Akademik lisey (o`quvchilar soni - 300);

4.Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti qoshidagi Akademik lisey (o`quvchilar soni - 307).

Qarorga ko`ra, ushbu akademik liseylarning 1-bosqichlariga o`quvchilarni qabul qilish 2017/2018 o`quv yilidan boshlab to`xtatiladi, qolgan o`quvchilar o`z o`qishlarini ohirigacha tugallashadi.

Prezident Qarori Akademik liseylarda o`quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik liseylarda umumta`lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta`lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar