Mamlakatimiz yosh sportchilari Minsk shahrida sport gimnastikasi bo`yicha o`tkazilgan ochiq musobaqada uchtadan oltin va bronza medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Musobaqaning ko`pkurash bahslarida qatnashgan O`tkirbek Jo`raev va Anastasiya Miroshnichenko shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.
A.Miroshnichenkoning alohida mashqlari ham hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Sportchimiz tayanib sakrash bo`yicha oltin, parallel brusda mashq bajarish va erkin mashq bajarish bo`yicha bronza medallarga sazovor bo`ldi.
Yana bir sportchimiz Dildora Oripova ko`pkurash bahslarida 46,7 ball bilan uchinchi o`rinni egalladi.