2017 yilning 17 fevral kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi fuqarosi 2 yoshli qizini kelgusida Qirg`iziston Respublikasiga aylanma yo`llar bilan olib chiqib ketilish shartiga rozi bo`lib, pullagan ayol qo`lga olindi.
Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya”siga Andijon viloyati bojxona boshqarmasi surishtiruv bo`limi boshlig`i Akrom Axlimirzaev ma`lumot berdi:
“Tezkor tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Buloqboshi tumanida yashovchi Mirkomilova Gulchiroy o`zining 2015 yilda tug`ilgan qiz farzandini kelgusida Qirg`iziston Respublikasiga aylanma yo`llar orqali noqonuniy olib chiqib ketilishiga rozilik bildirgan holda 9 millionga sotayotgan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan qo`lga olingan.”
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi. v) v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsga nisbatan)bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
“Jinoyatni sodir etilishiga asosiy sabab eng avvalo oilaviy muhitning yaxshi emasligi, fuqaroning turmushidan ajralganligi, qolaversa, joylardagi mahalla faollari tomonidan etarli darajada e`tibor qaratilmaganligidir”, deydi A.Ahlimirzaev.
Ma`lum bo`lishicha, ayol farzandi uchun 18 millionni ikkiga bo`lgan holda olmoqchi bo`lgan.