31 martda e`tiboran barcha kuzatuv kameralari o`rnatilgan chorrahalarda “To`xtash chizig`i” (5.33) belgisi o`rnatila boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda jurnalistlar uchun o`tkazilgan navbatdagi brifingda xabar berildi.
Bu esa haydovchilar o`rtasida ayrim yo`llarda ikki marta chizilgan to`xtash chizig`i, ayrimlarida esa bu chiziqlarning ko`rinmayotgani borasidagi munozarali savollarga barham beradi.
Xullas bugun Toshkent yo`llarida, avtomobillar to`xtashi lozim bo`lgan joylarda yangi belgi paydo bo`ladi.






