An`anaga ko`ra har yili 1 apreldan e`tiboran O`zbekistonda kommunal xizmatlarning (elektrenergiya, tabiiy gaz, issiqlik va suv ta`minoti hamda kanalizasiya) tariflari oshiriladi.
Moliya vazirligidan ma`lum qilishlaricha, bu yil kommunal xizmatlarning tariflari oshirilmaydi. Endilikda ichki bozorda narxlarni barqarorligini ta`minlash maqsadida tariflar oshirilishi o`rtacha yillik inflyasiya darajasidan oshmaydi.
Shu bilan birga issiqlik va suv ta`minoti xizmatlarini ko`rsatadigan korxonalarning harajatlarini kamaytirish hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida Hukumat tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.






