AsosiyJamiyat

​2 aprel kuni Toshkentda yuz bergan yo`l transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi

'​2 aprel kuni Toshkentda yuz bergan yo`l transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi'ning rasmi

2017 yilning 02 aprel kuni, soat 11:20larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani TXAY ko`chasi, “Frank medial” MChJ qarshisida, “Lasetti” rusumli avtomashina ikki nafar piyodalarni urib yuborib, so`ng qarama-qarshi yo`nalishda xarakatlanib kelayotgan boshqa “Lasetti” avtomashinasiga urilgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yo`l transport xodisasi oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Yo`l transport xodisasini sodir etilishida gumonlanayotgan “Lasetti” avtomashinasi xaydovchisi ushlangan.

Xozirda holat yuzasidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar