AsosiyJamiyat

​“Afrosiyob” elektropoezdlarining harakatlanish vaqtlariga o`zgarishlar kiritildi

'​“Afrosiyob” elektropoezdlarining harakatlanish vaqtlariga o`zgarishlar kiritildi'ning rasmi

Mamlakatimizga “Afrosiyob” elektropoezdining uchinchi harakat tarkibi olib kelinganligi munosabati bilan joriy yilning 10 aprel kunidan boshlab, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida ham yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdning muntazam qatnoviyo`lga qo`yiladi.

Shu munosabat bilan “Afrosiyob” elektropoezdlarining harakatlanish vaqti quyidagicha etib belgilandi:

  • Toshkent – Qarshi – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan №760/759 sonli “Afrosiyob” elektropoezdi har kuni ertalabki soat 7:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo`nab, soat 16:48 da Qarshi vokzalidan ortga qaytadi.
  • Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan №762/761 sonli elektro poezd har kuni ertalabki soat 7:30 da poytaxtdan jo`nab, shu kuni soat 15:51 da Buxoro vokzalidan ortga qaytadi.
  • Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida yo`lga qo`yilgan №764/763- sonli yuqori tezlikdagi elektropoezd har kuni ertalabki soat 8:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo`nab, soat 17:00 da Samarqand vokzalidanToshkentga qaytadi.
  • Shuningdek, mazkur sanadan boshlab, Toshkent – Buxoro yo`nalishidagi “Sharq”, Toshkent – Qarshi yo`nalishidagi “Registon” hamda №380/379- sonli Toshkent – Termiz yo`nalishidagi yo`lovchi poezdlar harakatlanish vaqtiga ham o`zgarishlar kiritildi.

    Bu borada belgilangan o`zgarishlarni www.uzrailpass.uz veb-saytidan bilib olishingiz mumkin.

    Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” elektropoezdiga 10 aprel kunidan keyingi qatnov kunlariga chipta xarid qilgan yo`lovchilar harakat jadvaliga kiritilgan o`zgarishlarni inobatga olishlari so`raladi. Ya`ni, shu kundan boshlab poezd Buxoroga soat 8:00 da emas, balki 7:30 da harakatlana boshlaydi. Xarid qilingan chiptalarni – chiptaxonadan almashtirmasdan turib yangi ko`rsatilgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.

      Boshqa yangiliklar