1

​O`zbekiston Prezidenti Sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan qaror imzoladi

Jamiyat 04.04.2017, 10:28
Teglar: O`zbekiston, Sog`liqni saqlash
​O`zbekiston Prezidenti Sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan qaror imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” qaror imzoladi. Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Mazkur Qaror Sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko`maklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar ko`rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijdan investisiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish maqsadida imzolandi.

Qarorga ko`ra, sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalish va vazifalari etib mamlakatimizning barcha hududlarida xususiy tibbiyot muassasalari tarmog`i faoliyatini faollashtirish va kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini tartibga solish va lisenziyalash tizimini takomillashtirish, sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorning barqaror rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish, xususiy tibbiyot muassasalarining tashxis qo`yish va davolash bo`yicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qo`llagan holda, keng aholi qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatishga qaratilgan xizmatlar ko`lami va turlarini kengaytirishni har tomonlama rag`batlantirish belgilandi.

Shuningdek xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tibbiyot ixtisosliklari turiga mos keladigan va sanitariya norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan bino va xonalar bilan ta`minlanib, qulay kredit va lizing mexanizmlarini faol jalb etish orqali xususiy tibbiyot muassasalarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash ko`lami va hajmini tubdan oshirish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investisiyalar jalb qilishni kengaytirish, etakchi xorijiy klinika hamda tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda davolash-tashxis muassasalarini tashkil etiladi.

Qarorda tibbiy sug`urta tizimini keng joriy etgan holda, aholiga davlat tomonidan ko`rsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordam bilan birga sifatli va arzon maslahat-tashxis, davolash, sog`lomlashtirish va boshqa turdagi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratadigan pulli tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish, ilg`or xalqaro tajribani inobatga olgan holda, xususiy tibbiyot sohasida tibbiy ta`limning zamonaviy usul va texnologiyalaridan foydalanish asosida xususiy tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida sifatli va samarali tizimni shakllantirish, xususiy tibbiyot muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash belgilangan.

Hujjatda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assosiasiyasining xususiy tibbiyot muassasalari uchun ruxsat etilgan va tibbiyot sohasida talab yuqori bo`lgan kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik, urologiya va boshqa tibbiy faoliyat turlarini tubdan kengaytirish to`g`risidagi takliflari ma`qullanib, bunda tibbiy faoliyatning aholining hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan turlaridan tashqari, barcha tibbiyot turlari qamrab olinishi topshirildi.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligining 2017 yil 1 maydan sog`liqni saqlash sohasida kichik korxonalar xodimlari yillik o`rtacha cheklangan soni 100 kishigacha bo`ladi.

Foydalanilmayotgan binolar, ob`ekt va xonalarni, ayniqsa, sog`liqni saqlash tizimida tugatilayotgan muassasalarning davlat mulki bo`lgan ob`ektlarini aholiga tibbiy xizmatlar ko`rsatadigan tadbirkorlik sub`ektlariga "nol" qiymati bo`yicha belgilangan tartibda sotilishi ta`minlanib, yangi mulkdorlar investisiya kiritish va ijtimoiy majburiyatlarni zimmasiga olishi belgilangan.

Aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko`rsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) xususiy tibbiyot muassasalari, jumladan, xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalar to`lashdan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari va materiallari uchun bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlari bundan mustasno) ozod etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, O`zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assosiasiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqorida qayd etilgan soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo`shaydigan mablag`lar hisobidan Xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko`rsatish tartibi ishlab chiqiladi.

Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko`rsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro`yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq to`lovidan ozod etiladi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1