Polisiyachilar qo`lga olishni istamagan amerikalik yigit sevgan qizi va o`g`lini otib tashladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mahalliy vaqt bilan soat 3:20 da juftlik o`rtasida nizo chiqdi. Allen Kesh polisiyaga qo`ng`iroq qilib, sevgan qizi Latin Xerring uyining kalitini o`g`irlaganligini ma`lum qildi. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar yigit va qizning bahslashayotganini ko`radi, ammo ularni qo`lga olmaydi.
Oradan 20 daqiqa o`tgach, Kesh va Xerringlar uyga kirgandan keyin yana polisiyaga qo`ng`iroq bo`ldi. Etib kelgan polisiyachilar yana juftlikning urishayotgani ustidan chiqdi, lekin ularning janjaliga aralashish polisiyaning vakolatiga kirmaydi, deb hisobladi va ayolga “Bema`ni ayblovlaringiz bilan 911 ga qo`ng`iroq qilishni bas qiling!”, dedi Xerringga polisiyachilardan biri. Yigit uydan chiqib ketgandan keyin polisiyachilar ham ketdi.
Oradan 2 soat o`tgach, Kesh qo`lida to`pponcha bilan qaytib kelib, eshikni buzib kirdi. Xerring va uning 8 yoshli o`g`lini otib o`ldirdi, qizning otasini va yana bir o`g`lini yaraladi. Qochib ketayotgan Kesh yana 2 nafar yo`lovchiga qarata o`q uzib, ularni ham yaraladi. Unga nisbatan qasddan jinoyat sodir etish ayblovi qo`yilib, jinoyat ishi qo`zg`atildi.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...