1

​Olimlar “Tirik murdalar” qishlog`ini topdi

Dunyo 04.04.2017, 12:01
​Olimlar  “Tirik  murdalar”  qishlog`ini  topdi

ngliya yodgorlik va tarixiy binolarni o`rganuvchi Komissiyasi olimlari Sautgempton universiteti bilan hamkorlikda Britaniyadagi qishloqlardan birida yashovchi aholi o`rta asrlarda o`liklarning qayta tirilishiga ishonganliklarini aniqladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Olimlar XI–XIII asrlarda Yorkshir grafligida mavjud bo`lgan Uarram Persi qishlog`i qoldiqlarini topishdi. Topilgan inson suyaklari yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilganda, olimlar mahalliy aholi uzoq yillar davomida dafn etilgan jasad “go`rdan qayta tirilib chiqishiga ishonganliklari” ma`lum bo`ldi. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga ba`zi bir jasadlarning boshi tanasidan judo etilgani yoki yoqib yuborilgani sabab bo`ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, mahalliy aholi yomon, qasoskor odamlarning qayta tirilishidan, tiriklarga yana yomonlik qilishidan qo`rqqani tufayli shunday yo`l tutishgan. Ularning boshi tanasidan judo etilsa yoki yoqib yuborilsa, jasadlar qayta tirilmaydi, deb hisoblashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1