AsosiyShou-biznes

​Manzura: Hozirgi kunda boyligini “ko`z-ko`z” qilishlar, isrofgarchiliklar ko`payib ketdi

'​Manzura: Hozirgi kunda boyligini “ko`z-ko`z” qilishlar, isrofgarchiliklar ko`payib ketdi'ning rasmi

Xonanda Manzura ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirgan so`zlari muxlislarni o`yga toldirdi. Manzura o`z postida hozirgi kunda isrofgarchilik avj olgani haqida fikr yuritdi.

“Men turli-tuman zamonlarni ko`rdim.Bir vaqtlar bo`ldi,boylar ham chit chopon kiyishardi. Nega?Yaxshisini kiysak, kibrlanish bo`lmasin, kambag`allar ko`nglini o`ksitib qo`ymaylik, deb shunday qilishardi. Hozir esa xoyu xavaslar, ‘moda’ deb boyligini ko`z-ko`z qilishlar, bozorga solishlar, qisqasi, isrofgarchilik ko`payib ketdi”,—deb yozadi Manzura.

Shuningdek, xonanda gunoh haqida quyidagicha fikr yuritadi:

“Kasallik tanaga qanday ta`sir kilsa, gunohlar ham qalbga shunday ta`sir o`tkazadi. Gunohlar qalb kasalligidir. Uning davosi -gunohlarni tark etish,tavba qilish. Gunohlar qalb ko`zini ko`r qiladi, uning nurini so`ndiradi, hidoyat hamda ilm yullarini to`sadi”.

Boshqa yangiliklar