Sankt-Peterburg shahar metrosida teraktni amalga oshirishda gumonlanayotgan Akbarjon Jalilovning yaqinlari Pulkovo aeroportiga uchib kelishdi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Akbarjon Jalilovning ota-onasi Qirg`izistonning O`sh shahridan Sankt-Peterburgga uchib keldi. Tergovchilar Jalilov Akbarjon yashagan joyni aniqlab, uning uyida tintuv o`tkazishdi. 4 aprel kuni Tergov qo`mitasi Sankt-Peterburg shahar metrosini 22 yoshli Akbarjon Jalilov portlatganini ma`lum qilgan edi. U oxirgi vaqtda avtoustaxonada ishlagani aniqlandi.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metropolitenida portlash yuz berdi. Teraktda 14 kishi halok bo`ldi, 50 nafardan ortiq odam yaralandi.
Sankt-Peterburg terakt
#BREAKING Relatives, most likely mom&dad of suspected #StPeteBlast bomber #Dzhalilov are in #SaintPetersburg for investigation procedures pic.twitter.com/cLNiRGj1Pp
— Maria Finoshina (@MFinoshina_RT) 5 aprelya 2017 g.






