Joriy yilning 3 aprel kuniga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga mamlakatimiz fuqarolari va tadbirkorlaridan jami 638 ming 148 murojaat kelib tushgan.
Ularning 22,7 foizi Toshkent shahrida istiqomat qiladigan fuqarolar tomonidan yuborilgan. Mazkur murojaatlarning 95,6 foizi jismoniy shaxslarga, qolgani yuridik shaxslarga tegishli.
Portalda keltirilgan statistikaga ko`ra, yuborilgan murojaatlarning 90%, ya`ni 583 ming 630 tasi ko`rib chiqilgan.






