O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Aleksandr Vuchichni Serbiya Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida Aleksandr Vuchichni “yuqori va mas`uliyatli lavozimdagi faoliyati o`zaro hurmat va manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O`zbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlanishi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishi”ga ishonch bildirdi.
O`zbekiston Prezidenti Serbiyaning saylangan Prezidentiga mustahkam sihat-salomatlik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar, Serbiya xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tiladi.