Eronning Xuroson-Rizavi provinsiyasida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Fars xabar berdi.
Mashhad shahridan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan epimarkazda beshta qishloq joylashgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ofat joyida bir necha yuzlab insonlar bo`lishi mumkin.
Hodisa joyiga mutaxassislardan iborat uchta guruh yuborilgan. Barcha qutqaruv xizmatlari tayyorgarlik darajasiga etkazilgan. Yaradorlarni qabul qilishga mahalliy kasalxonalar tayyor. Hozircha jabrlangan va qurbonlar haqida ma`lumot kelib tushmadi.
Eron Milliy seysmologik xizmatida yaqin fursatlarda zilzila qaytalanish xavfi mavjudligini aytishmoqda.






