AsosiySalomatlik

​“Umurtqa pog`onasidagi o`zgarishlar milklarga ta`sir ko`rsatadimi?”

'​“Umurtqa pog`onasidagi o`zgarishlar milklarga ta`sir ko`rsatadimi?”'ning rasmi

– Yaqinda bir ma`lumotni o`qib qoldim, umurtqa pog`onasi kasalliklari milklarning shishib, bo`shashib qolishini keltirib chiqarar ekan. Men ko`p yillardan buyon milk yallig`lanishiga qarshi davolanaman. Ammo barcha urinishlarim vaqtinchalik natija beradi, xolos. Balki mendagi bezovtalikning boisi ham umurtqa bilan bog`liqdir?..

Akrom Ismatullaev, Buxoro shahri

Savolga oliy toifali shifokor-stomatolog Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV javob beradi:

– Har bir inson organizmi individual tuzilgan, shunga ko`ra kasalliklarning kelib chiqishi ham turlicha kechishi mumkin. Milk yallig`lanishi faqatgina ineksiya preparatlarini yuborish bilan davolanadi deb o`ylasangiz adashasiz. Zero bezovtalikni keltirib chiqargan omil aniqlanmas ekan, xastalik takrorlanish ehtimoli ortaveradi. Ayrim og`iz bo`shlig`i xastaliklari chindan ham boshqa a`zolardagi o`zgarishlarning asorati bo`lishi mumkin. Biroq sizning holatingizda davolovchi shifokoringiz kasallik anamnezi, hayot tarzingiz va boshqa bir qancha holatlar bo`yicha surishtiruv o`tkazib, so`ng tashxisni e`lon qilishi mumkin. Bundan tashqari laboratoriya sharoitida o`tkaziladigan tekshiruvlarning bajarilishi ham masalaga oydinlik kiritishda yordam beradi. Sizga maslahatim, turli tahminlarga berilmang-da, yaxshisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`ting. Shunda bir martalik muolaja kor qilishi mumkin.

Boshqa yangiliklar