Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin kunning ikkinchi yarmida A.Pushkin nomidagi tasviriy san`at muzeyiga tashrif buyurdi.
Bu erda mamlakatimizning I.Saviskiy nomidagi davlat san`at muzeyi eksponatlari ko`rgazmasi ochilish marosimi bo`ldi, deya xabar beradi O`zA.
«Sahrodagi Luvr» nomini olgan I.Saviskiy nomidagi davlat san`at muzeyi o`zining bebaho durdona eksponatlari bilan dunyo san`at ixlosmandlari e`tiborini qozongan. Muzeyda grafika, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy san`at namunalari, turli arxeologik topilmalar, etnografiya buyumlari, qadimiy suratlar, tarixiy hujjatlar singari yuz mingga yaqin nodir eksponat joy olgan.
Shunday buyuk merosni yig`ib qoldirgan olim 2002 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.
O`lkaning boy tarixiy va madaniy yodgorliklari haqidagi ma`lumotlarni o`zida mujassam etgan mazkur san`at muzeyida qoraqalpoq elining milliy bezaklari, xalq amaliy san`ati namunalari, kashtachilik buyumlari, milliy liboslari sayyohlarning e`tiborini tortmoqda.
A.Pushkin nomidagi tasviriy san`at muzeyida namoyish etilayotgan noyob eksponatlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.