AsosiyShou-biznes

​Asal Shodievaning singlisi opasi uning hayotini saqlab qolgani haqida so`zlab berdi

'​Asal Shodievaning singlisi opasi uning hayotini saqlab qolgani haqida so`zlab berdi'ning rasmi

Latofatli aktrisa Asal Shodieva bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning do`stlari, yaqinlari va oila a`zolari Asalni tug`ilgan kuni bilan tabriklamoqda.

Jumladan uning singlisi Robiya Shodieva Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali opasiga atalgan samimiy dil izhorini yozib qoldirdi.

“O`tmishga nazar tashlab, siz bilan o`tgan bolaligim(U haqiqatdan ham bo`lgan)ni tabassum bilan yodga olaman.

Kun bo`yi ko`chada o`ynaganlarimiz, do`stlarimiz bilan kartoshka qovurganimiz, sayrga chiqqanlarimiz yodimda. Onam esa biz biroz bo`lsa ham uyda o`tirishimiz uchun bizga kuchukchalar, quyonchalar, baliqchalar va hatto jo`jachalar sovha qilardilar. Har yili lagerdagi sarguzashtlarimiz-chi, bir safar cho`kib ketishimga bir bahya qolganida siz meni qutqarib qolgansiz. Biz har doim ota-onamiz oldida bir-birimizning ayblarimizni yashirardik. Uyda ko`p gilos bo`lishiga qaramay, yangi ko`ylak kiyib, qo`shnimiznikiga gilos o`g`irlagani borganimiz yodimda.

Men bolaligimdan akam bo`lishini orzu qilardim. Siz har doim menga akam o`rnini bosgansiz. Siz har doim tarafimni olar va meni himoya qilar edingiz. Mendan bir yoshgina katta bo`lsangiz ham hamma sizdan qo`rqardi. Siz o`sha vaqtlarda cho`qintirgan ota edingiz. Bugun har birimizning o`z oilalarimiz bor. Siz haqiqiy go`zallik timsoli, latofatli kelinchak va g`amxo`r rafiqva bo`ldingiz. Men siz va sizni ko`z qorachig`idek asrovchi turmush o`rtog`ingiz uchun juda ham baxtliman.

Men sening eng yaxshi talqiningni bilmayman, biroq eng yaxshisiga muntazam intilish meni ilhomlantiradi. Sen-mening yagonamsan, Sen-chunki sendan yaqinrog`im yo`q, Siz-chunki Sizga bo`lgan hurmatim cheksiz. Tug`ilgan kuningiz bilan!”,—deb yozadi Robiya Shodieva.

Eslatib o`tamiz, Robiya bir vaqtlar “Bojalar” guruhining a`zosi bo`lgan Shahzod ismli yigitga turmushga chiqqan. Ularning Amir ismli o`g`il farzandlari bor.

Robiya o`z tabrigida Asal Shodieva uning o`g`li Amirni ko`rishga deyarli har kuni kelishi, o`z navbatida uning o`g`li Amir ham xolasini ko`rganida unga talpinishini ham bayon qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar