AsosiyDunyo

​AQSh vise-prezidentining qo`riqchisi mehmonxonada fohisha bilan qo`lga tushdi

'​AQSh vise-prezidentining qo`riqchisi mehmonxonada fohisha bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

AQSh vise-prezidenti Maykl Pensning xavfsizligiga javob beruvchi AQSh maxfiy xizmati xodimi Merilend shtatidagi mehmonxonalardan birida fohisha bilan uchrashganda qo`lga tushdi, deb xabar berdi, lenta.ru nashri.

Xodim vaqtincha vazifasidan chetlashtirildi. Voqea o`tgan haftaning oxirida ro`y berdi. Mehmonxona ma`muri xonalardan birida shovqin eshitilayotgani haqida polisiyaga xabar berdi. Etib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari erkakni qo`lga oldi.

Manbaning xabar berishicha, o`sha kuni maxfiy xodim ish joyida bo`lishi lozim bo`lgan. Maxfiy xodimning shaxsan o`zi bo`lib o`tgan voqeadan rahbariyatini ogoh qildi. Unga nisbatan shilqimlik ayblovi qo`yildi. Maxfiy xodim ma`muriy ta`tilga chiqarilib, maxfiy axborotlardan foydalanish huquqi chegaralandi.

AQSh maxfiy xizmati xodimlari bundan ilgari ham bir necha marotaba janjal-to`polon markazida qolgan. AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bunday janjallardan keyin ularning tarkibini butunlay yangilagan edi. 2015 yilning mart oyida ikki nafar maxfiy xizmat xodimi xizmat mashinasini mast holatda boshqarib, Oq uyning devoriga kelib urilgan edi.

AQSh maxfiy xizmati mamlakat prezidenti va uning oilasi, shu bilan birga sobiq prezidentlarning oilasi xavfsizligini ta`minlash bilan shug`ullanadi.

Boshqa yangiliklar