AsosiyJamiyat

Armiyada xizmat qilganlar uchun OTMga imtiyozli kirish shartlari o`zgardi

'Armiyada xizmat qilganlar uchun OTMga imtiyozli kirish shartlari o`zgardi'ning rasmi

Muddatli harbiy xizmatni o`tagan imtiyozga ega abiturientlar ballariga qo`shiladigan ustamalar o`zgardi.

Yangi o`quv yilidan (2017−2018) boshlab O`zbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o`tagan hamda harbiy qismdan tavsiyanoma olgan OTM abiturientlari kirish testlari natijasi bo`yicha to`plagan baliga 50 foiz miqdorida ustamaga ega bo`ladi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

O`zbekiston Prezidenti tomonidan 4 aprelda imzolangan qaror bilan tasdiqlangan o`zgarish to`g`risida «Gazeta.uz"ning ta`lim sohasidagi axborot manbasi xabar qildi. Avvallari armiyada xizmat qilgan imtiyozga ega fuqarolarning kirish sinovlarida to`plagan natijalariga to`plash mumkin bo`lgan eng yuqori balning 27 foizi miqdorida ustama belgilanar edi.

Imtiyoz mamlakatdagi barcha OTMlarda barcha yo`nalish va mutaxassisliklar bo`yicha bakalavr bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotganlarga taalluqli hisoblanadi. Imtiyoz olishdagi boshqa shartlar o`zgarishsiz qolgan.

Boshqa yangiliklar