AsosiyJamiyat

​Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

'​Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi'ning rasmi

6 aprel, payshanba kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qozog`iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov, Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xalaf Xalafov, Moldova Respublikasi tashqi ishlar va Evropa bilan integrasiya vaziri o`rinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xadjiev va MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegasiyalar etib keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

7 aprel kuni ochiladigan MDH TIVK yig`ilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni ta`minlashda ko`p tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Boshqa yangiliklar