AsosiyJamiyat
4762

​Germaniyalik shifokorlar Farg`onada bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazdi

'​Germaniyalik shifokorlar Farg`onada bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida 2 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bemor bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida alohida e`tibor qaratilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbir mamlakatimizda aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularni ijtimoiy-tibbiy jihatdan qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yana bir ifodasi bo`ldi.

Birinchi Prezidentimizning 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O`zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`lig`ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to`g`risida”gi qarori bu yo`nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yozyovonlik Gavharoy Bozorboeva 8 yoshda. U fevral oyida tug`ma peshob yo`li kasalligi bilan Germaniya klinikalaridan birida muolaja olib qaytdi. Mana shunday loyihalar asosida salomatligi yaxshilanayotgan bolalar anchagina.

Tibbiy ko`rikka shahar va tumanlardan asosan tana tayanch harakat tizimi, tug`ma yurak nuqsoni, terida kuyish asoratlari, oshqozon kasalliklariga chalingan o`g`il-qizlar jalb qilindi.

Viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy jihozlar ko`rikning samarali o`tishida muhim ahamiyat kasb etdi. Germaniyalik shifokorlar bilan birga mamlakatimiz shifokorlari bemorlarga o`z maslahatlarini berdi. Bu erda tanlab olingan ixtisoslashgan tibbiy yordamga muhtoj bemor bolalar xorijiy klinikalarda sog`lomlashtiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar