2017 yil o`tkaziladigan Qirg`izistonning “Ak ilbirs” Milliy mukofotiga rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Hazonrezgi” filmi nomzod sifatida ko`rsatildi.
Film mukofotning bir yo`la 3 nominasiyasi uchun kurashadi: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi”, “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktyori», “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi”.
Bu haqda kinomukofot ta`sischilaridan biri, Qirg`iziston kinematografistlari uyushmasi raisi Taalaybek Kulmendeev xabar berdi.
“Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi”:
1. “Maymunning tushi” rej. Rumi Shoazimov (Tojikiston)
2. “Onamga yo`l” rej. Akan Sataev (Qozog`iston)
3. “Hazonrezgi” rej. Zulfiqor Musoqov (O`zbekiston)
“Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi”:
1. Zulfiya Sodiqova – “Maymunning tushi” rej. Rumi Shoazimov (Tojikiston)
2. Altnay Nogerbek – “Onamga yo`l” rej. Akan Sataev (Qozog`iston)
3. Feruza Saidova – “Hazonrezgi” rej. Zulfiqor Musoqov (O`zbekiston)
“Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktyori”:
1. Bahodur Miralibekov – “Maymunning tushi” rej. Rumi Shoazimov (Tojikiston)
2. Adil Axmetov – “Onamga yo`l” rej. Akan Sataev (Qozog`iston)
3. Bahriddin Abdullaev – “Hazonrezgi” rej. Zulfiqor Musoqov (O`zbekiston)
“Ak ilbirs” kinomukofotini taqdirlash marosimi 14 aprel kuni Bishkekda bo`lib o`tadi.
“Ak ilbirs” mukofoti u 2012 yildan buyon taqdim etib kelinadi.