AsosiyJamiyat

Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasining yangi rahbari tasdiqlandi

'Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasining yangi rahbari tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`z farmoni bilan Azim Ahmadxo`jaevni Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisi etib tayinladi. Bu haqda “Gazeta.uz" Markaziy bankdagi axborot manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi Prezidentning 31 martdagi farmoni bilan tashkil etilgan edi. Mazkur vakolatli davlat organi yagona davlat investision siyosatini shakllantirish va amalga oshirish hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilishga javobgar hisoblanadi.

Azim Ahmadxo`jaev (1979 yilda tug`ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). O`tgan yilning mayidan «Asaka» banki boshqaruvi raisi hisoblanadi. Bunga qadar — 2011 yil maydan — O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi o`rinbosari, so`ngra raisning birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

Avvalroq — 2009 yil yanvardan — Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki NBU Invest Group boshqaruvi raisi bo`lgan. O`tgan yillar davomida Iqtisodiyot vazirligi hamda O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondida faoliyat ko`rsatgan.

Boshqa yangiliklar