AsosiyDunyo
3708

​105 yoshli britaniyalik erkak attraksionda uchib, dunyo rekordini o`rnatdi

'​105 yoshli britaniyalik erkak attraksionda uchib, dunyo rekordini o`rnatdi'ning rasmi

Britaniyaning Yorkshir shahrida yashovchi Jek Reynolds o`zi yashayotgan shahar tez tibbiy yordami uchun samolyot xarid qilmoqchi. Buning uchun u bolalar o`yingohidagi attraksionda uchib pul yig`moqchi. Gap shundaki, 105 yoshli pensioner Jek Reynolds atraksionda uchgan eng keksa kishi bo`ldi. Shuning uchun ham u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Reynoldsning aytishicha, tug`ilgan kunini nishonlayotganida unda muhim biror narsa uchun pul yig`ish istagi tug`ildi. Britaniyalik o`z rejasini batafsil tushuntirib, internetda aksiya o`tkazdi. Shundan so`ng 105 yoshli pensioner yaqinlari bilan istirohat bog`iga borib, va`dasining ustidan chiqdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar