AsosiySport
3685

La Liga. Madrid derbisida “Real” va “Atletiko” jangovar durang qayd etdi

'La Liga. Madrid derbisida “Real” va “Atletiko” jangovar durang qayd etdi 'ning rasmi

Ispaniya chempionati 31-tur markaziy o`yinida Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko” o`zaro kurash olib bordi.

“Santyago Bernabeu” stadionida o`tkazilgan bellashuvda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Pepe hisobni ochgan bo`lsa, “Atletiko” 85-daqiqada Antuan Grizmanning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Mazkur o`yindan keyin “Real” 72 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi, ammo “Barselona” bitta g`alaba bilan ularga etib olishi mumkin. Shunday bo`lsa-da, “Real”da bitta zaxira o`yini ham mavjud. “Atletiko Madrid” 62 ochko bilan uchinchi o`rinda qoldi.

Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 52 Pepe, 1:1 – 85 Grizmann.

Real Madrid – Navas, Pepe (Nacho, 67), Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 76), Beyl (Vaskes, 81), Ronaldu, Benzema.

Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Korrea, 62), Gabi, Ferreyra Karrasko (Ximenes, 88), Koke, Grizmann, Torres (Parti, 78).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Saul (52), Godin (60), Karvaxal (88), Koke (89).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar