Angliya terma jamoasining va “Los-Anjeles Gelaksi” klubining sobiq yulduzi 41 yoshli Devid Bekxemni odamlar mashhur Izaka-Ya yapon restoraniga navbatsiz kiritmadi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Nashrning ma`lum qilishicha, Bekxem xotirjam ravishda navbat kutgan. Sportchi navbat kutayotganda selfiga tushishga va bir nechta muxlislari bilan telefon orqali qo`ng`iroqlashishga ulgurdi. U restoranda do`sti, NBA’ning olti karra chempioni Skot Pippen bilan uchrashdi. Mashhur futbolchi g`alati kiyim kiyganligi tufayli uni tanish qiyin bo`ldi. Odamlar uning xotirjamlik bilan navbat kutganidan hayron bo`ldi.






