1

​Barcha xodimlari robotlardan iborat bo`lgan Henn-na mehmonxonasi (Foto)

Dunyo 10.04.2017, 11:34
Teglar: Foto
​Barcha xodimlari robotlardan iborat bo`lgan Henn-na mehmonxonasi (Foto)

Yaponiyaning Nagasaka shahri yaqinida barcha xodimlari robotlardan iborat bo`lgan mehmonxona ochildi, deb xabar berdi Prikolno.cc nashri.

Mehmonxonaga tashrif buyurgan mijozlar ro`yxatdan o`tish uchun ularning oldiga borganda qo`rqib ketganini hisobga olmaganda, qolgan hammasi ko`ngildagidek ketmoqda.


Keyingi paytlarda barcha rivojlangan mamlakatlardagi turli sanoat sohalarida odamlarning o`rniga robotlar mehnat qilmoqda. Massachusets texnologiya instituti iqtisodchilarining Boston universiteti xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazgan tadqiqoti natijasida har bir robot tufayli 6 ta odam ishsiz qolgani, oylik maosh ham to`rtdan uch foizga tushib ketganligi aniqlandi. Boshqa tadqiqot natijasida, 1990 yildan 2007 yilgacha bo`lgan davrda sanoat robotlari tufayli 670 000 ming nafar amerikalik ishsiz qolganligi ma`lum bo`ldi. Britaniyalik fuqarolar ham robotlar tufayli kelajak 15 yilda 10 million biritaniyalik ishchilar ishsiz qolishi mumkinligi haqida bong urmoqda.

Ortiqcha xarajatlarni kamaytirish, yuqori natijalarga erishish uchun sanoatni mexanizasiyalashtirish zarur bo`lsa-da, Yaponiyadagi robotlar taraqqiyotda juda ilgarilab ketdi. “Henn-na” yapon tilidan tarjima qilinganda “g`alati” degan ma`noni beradi. Nagasaki shahri yaqinida qurilgan Henn-na mehmonxonasi dunyoda robotlashtirilgan yagona mehmonxona hisoblanadi. Bu erda haqiqatan ham konserjadan tortib, xizmatchilargacha robotlardan iboratdir.


Ro`yxatdan o`tkazish stoli oldida mehmonlarni uchta robot gumanoid — qiz, qo`rqinchli ko`rinishga ega robot-dinozavr va kichikroq android kutib oladi. Dunyoning barcha tillarida muloqot qila oladigan robotlar to`lovni qabul qiladi, mehmonlarga xonalarini ko`rsatadi, shart-sharoitlar bilan tanishtiradi. Robot-porte esa yukni nomerga olib chiqadi, nomerda esa robotlashtirilgan qo`l chamadonni ochib, kiyimlarni shkafga taxlaydi. Til bo`yicha hech qanday muammolar tug`ilmaydi.


Mehmonxonada kalitlardan foydalanilmaydi, ularning o`rniga har bir eshikka inson yuziga qarab, tanib oladigan maxsus tizim o`rnatilgan. Mehmonxonaning har bir nomeridagi tumbochka ustida qizg`aldoq shaklidagi kichkina robot mavjud bo`lib, u mehmonlarga nomerda yashash muddati davomida turli tavsiyalar, konsultasiyalar berib boradi. Mazkur robot ovozli buyruq yordamida chiroqni o`chirib-yoqishi, ob-havo ma`lumotlari bilan tanishtirishi, ertalab belgilangan vaqtda uyg`otishi mumkin.


Mehmonxona egasi Xideo Savada ishchi kuchining 90 % robotlardan iborat bo`lgan Henn-na mehmonxonasini “dunyoning eng taraqqiy etgan mehmonxonasi” darajasiga ko`tarishni orzu qiladi.


Henn-na mehmonxonasida ekologik tomonlarga ham jiddiy e`tibor qaratilgan. Barcha nomerlar odiy kondensionerlar bilan emas, balki innovasion sovitish tizimlari bilan jihozlangan. Binoning loyihasi havo oqimi uchun qulay sharoit yaratgan, mehmonxona quyosh batareyalari orqali elektr quvvati bilan ta`minlanadi.


Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1