1

​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda

Shou-biznes 10.04.2017, 14:35
Teglar: Aktrisa, Shahzoda Muhamedova
​Shahzoda Muhammedova Captiva`si ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda

Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova avtomobili ustiga har safar sirli sovg`alar tashlab ketadigan g`oyibona oshig`i haqida “Sayyod” nashriga bergan intervyusida so`z yuritdi.

“Yaqinda bir qiziq voqea bo`ldi. Dugonalarim bilan ofisimda suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt homilador dugonalarimdan biri isib ketyapman, deb qoldi. Eshikni ochayotganimda tashqarida turgan mashinamning ustida paketda ichida nimadir turganini ko`rib qoldim. Pastga tushib qaradim, paketni olib, pastga qo`ydim. Keyin qarasam paket ichida tort bor ekan. Tort non-ku, uvol bo`lmasin deb uni ichkariga olib kirdim.

Paketni ochdik, korobkali tortni ustida ikkita shilliqqurtni rasmi bor yurak shaklidagi otkrtka turibdi. Otkrtkani ichidan esa 600$ dollar chiqdi”,—deb hikoya qiladi Shahzoda.

“Agarda o`sha inson kelib, o`zini tanishtirib, ‘O`sha pul meniki edi’, desa pulni qaytarib beraman”,—deydi aktrisa.“Uning kimligini bilolmadim. Men shu paytgacha hech kimdan qarz bo`lmaganman, mendan ham qarz bo`lishmagan”.

Aktrisaning aytishicha, kuzatuv kameralari uning mashinasi ustiga paket qo`yib ketilishi aks etgan holatni yozib olgan. Biroq tasvirlarda paketni qoldirib ketgan yigitning yuzi ham, uning avtomobili raqami ham ko`rinmagan.

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​Shahzoda Muhammedova: Turmush o`rtog`imning shartiga ko`ndim...

17.02.2019, 20:48

Uning atrofida gap-so`zlar ko`paygani sari ko`payib boryapti: «Endi O`zbekistonga qaytib kelmasmish», «Biznesini topshirganmish», «To`yini o`zi o`tkazibdi», degan mazmunda. Mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida aktrisa va dizayner...
Shahzoda Muhammedovaning to`y sanasi ma`lum bo`ldi (foto)

16.11.2018, 12:49

Iste`dodli, serqirra aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning nikoh to`y qaysi sanaga rejalashtirilgani ma`lum bo`ldi. Nikoh marosimi 28 noyabr kuni «Yakkasaroy» restoranida bo`lib o`tadi. Iqtidorli dizaynerning...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1