Xonanda Sharof Muqimov aktrisa Sitora Alimjonovaga uylangani haqidagi savollarga ochiq-oydin javob berdi.
“Muxlislarimizdan ko`p savollar yog`ilmoqda. ‘Siz Sitora Alimjonova bilan turmush qurdingizmi?’ qabilidagi savollar yog`ilmoqda. To`g`ri hayotim davomida 8 marotaba kuyovlik liboslarida kelin yonida menga kuyov bo`lib turishlik nasib etgan. Shulardan 7 tasi ijodiy, ya`ni kino va kliplarda, ko`rsatuv loyihalarida, kuyov obrazi menga berilgan. Lekin hayotim davomida chindan bir marotaba real kuyov bo`lganman”,—deb yozadi Sharof Muqimov Instagram`dagi sahifasida.
Shuningdek, xonanda mazkur suratlar saytlardan birining loyihasi uchun olinganligini ham aytib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq xonanda Sharof Muqimov va aktrisa Sitora Alimjonovalarning kelin-kuyov obrazidagi suratlari tarqalganidan so`ng, internet foydalanuvchilari o`rtasida turli mish-mishlar tarqalgan edi.
Sitora Alimjonova mazkur suratlarga izoh berar ekan, telefoniga haqoratli SMS`kelayotganini ma`lum qilgan edi.