AsosiyShou-biznes

​Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so`ng har kuni jarima to`layotganini ma`lum qildi

'​Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so`ng har kuni jarima to`layotganini ma`lum qildi'ning rasmi

Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushganidan keyin har kuni 300 ming so`m jarima to`layotganini ma`lum qildi.

“Iltimos, YHXB xodimlari uyimga hadeb xat jo`natavermanglar endi! Deyarli har kuni 300 ming so`m jarima to`layapman. Ha, aytgancha biz vaqtinchalik bu uyimizdan ko`chib ketyapmiz boshqa uyga. Ko`chadagi svetoforga o`rnatilgan kameralarni kuzatayotgan akalar, iltimos yaxshilab qaranglar endi. Men to`xtash chizig`ini bosganimdan keyin aybimni bilib orqaga qaytib keyin to`g`ri turib olayotganimni ham hisobga olinglar—deb yozadi Shahzoda Instagram`dagi sahifasida.

Aktrisa o`z postida shuningdek, kameralar tomonidan qayd etilayotgan qoidabuzarliklarga belgilangan jarimalar ham qimmatligini yozib qoldirdi.

“Sharoiti og`ir insonlar ham borku. Ular nima qilayotgan ekan. Adolatli jarima belgilansin aholiga”,—deydi aktrisa.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar