Evropa Chempionlar Ligasi chorak final ilk o`yinida “Barselona” jamoasi safarda “Yuventus” mehmoni bo`ldi.
Qiziqarli kechgan o`yinda turinliklar kutilmaganda 3:0 hisobida zafar quchdi. Dibalaning dubli va Kellinining goli “Yuventus”ning yirik g`alabasini ta`minladi.
Yuventus – Barselona 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Dibala, 2:0 – 22 Dibala, 3:0 – 55 Kellini.
Yuventus: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kellini, Pyanich (Bardzali, 89), Xedira, Kuadrado (Lemina, 73), Manjukich, Dibala (Rinkon, 81), Iguain.
Barselona: ter Shtegen, Pike, Yumtiti, Mate (Andre Gomesh, 46), Maskerano, Inesta, Rakitich, Serxi Roberto, Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Dani Alves (28), Suares (53), Inesta (57), Mandjukich (63), Xedira (74), Lemina (90), Umtiti (90).