AsosiyShou-biznes

​Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda

'​Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulchehra Sa`dullaeva bugun, 12 aprel kuni 67 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan elimiz ardog`idagi aktrisani farzandlari va nabiralari ta`sirli tarzda tabrikladi.

Soat 00:00 bo`lishi bilan ya`ni 12 aprel kirib kelishi bilan aktrisaning farzandlari jamuljam bo`lishdi.


“Bugun mening farishtam, haqiqiy o`zbek ayolining timsoli, menga yorug` dunyoni hadya qilgan yagonam, Onajonimning tavallud ayyomlari! Onajonim-bebahoyim, baxtimizga uzoq umr ko`ring, hech qachon kasal bo`lmang, nevara, evara, chevaralarni ham to`ylarini baxtli kunlarini ko`rib yuring. Adajonim bilan qo`sha qarib, har doim yonimizda rohatlarda yuringlar. Barcha dilingizda tugib qo`ygan niyatlaringiz ro`yobga chiqsin. Allohim sizga har doim madadkor bo`lsin! Biz sizni sevamiz”,—deb yozadi Muqaddas Sa`dullaeva onasini tabriklab.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Gulchehra Sa`dullaevani bugungi shodiyona kun bilan muborakbod etamiz!

Boshqa yangiliklar