Evropa Chempionlar ligasi chorak finalida “Borussiya D” jamoasi o`z maydonida “Monako” futbolchilarini qabul qildi.
Gollarga boy kechgan o`yinda dortmundliklar kutilmaganda 2:3 hisobida engildi. G`oliblar safida 19 yoshli Kilian Mbappe dubl qayd etgan bo`lsa, yana bitta golni Bender o`z darvozasiga yo`llab qo`ydi.
“Borussiya D” a`zolaridan Dembele va Kagava raqib darvozasiga gol kiritish uddasidan chiqdi.
Borussiya D – Monako 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 19 Mbappe, 0:2 – 35, avtogol Bender, 1:2 – 57 Dembele, 1:3 – 79 Mbappe, 2:3 – 84 Kagava.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Ginter, Shmelser (Pulishich, 46), Gerreyru, Vaygl, Bender (Shaxin, 46), Kagava, Pishchek, Obameyang, Dembele.
Monako – Subashich, Glik, Fabino, Raji, Jemerson, Lemar, Bernardu Silva (Dirar, 66), Mbappe, Moutinyu, Ture, Falkao (Jermen, 85).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (16), Ginter (40), Jemerson (46), Lemar (58), Dirar (69), Fabino (81), Subashich (87).