AsosiySport

O`zbekistonlik futbolchi 2 o`yinga chetlatildi xaqoratli imo-ishora uchun 2 o`yinga chetlatildi

'O`zbekistonlik futbolchi 2 o`yinga chetlatildi xaqoratli imo-ishora uchun 2 o`yinga chetlatildi'ning rasmi

Oliy liga tartib-intizom qo`mitasi qaroriga ko`ra, "Dinamo"ga qarshi 4- turda maydondan chetlatilgan jamoamiz yarim himoyachisi Oybek Qilichev ikki o`yinga diskvalifikasiya qilindi.

Samarqanddagi uchrashuvda “Navbahor” futbolchisi 75-daqiqada o`z o`rnini Darko Stanoevichga bo`shatgach, muxlislarga qarata xaqoratli imo-ishora ko`rsatgani uchun shunday jazoga tortildi.

Qilichev, shuningdek, jarima ham to`laydigan bo`ldi. Oybek 5 turda "Mash`al" bilan o`yinni o`tkazib yuborgandi. Endi diskvalifikasiya sababli u "Metallurg" bilan (6- tur, 15 aprel) to`qnashuvda ham "lochinlar"ga yordam bera olmaydi.

Qilichev 7- turda (21 aprel) "Navbahor" - "Sho`rtan" qarama-qarshiligida maydonga tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar