AsosiySport

Evropa Ligasi. “MYu” safarda ochko yo`qotdi (Video)

'Evropa Ligasi. “MYu” safarda ochko yo`qotdi (Video)'ning rasmi

Evropa Ligasi chorak final dastlabki o`yinida “MYu” safarda “Anderlext” klubi bilan to`qnash keladi.

Anchagina qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda tomonlar 1:1 hisobida durang o`ynadi. Uchrashuvning 36-daqiqasida Genrix Mxitaryan hisobni ochgan bo`lsa, Dendonker 86-daqiqada muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, g`olib nomi aniqlanmadi. Barchasi javob o`yinida, “Old Trafford” stadionida hal bo`ladi.

Anderlext – Manchester Yunayted – 1:1 (0:1)

Gollar: Dendonker 86 - Mxitaryan 36

Anderlext: Martines, Mboji, Obradovich, Appia, Nuytink, Stanchu (Xanni 65), Tilemans, Dendonker, Bruno (Kipchu 58), Ashampong, Telin (Teodorchik 75).

Manchester Yunayted: Romero, Roxo, Bayi, Darmian, Valensiya, Lingard (Marsyal 63), Pogba, Kerrik, Mxitaryan (Fosu-Mensa 90), Reshford (Fellaini 75), Ibragimovich.

Ogohlantirishlar: Mxitaryan 24, Kerrik 47, Obradovich 67, Fosu-Mensa 90+2.

Boshqa yangiliklar