Evropa Ligasi chorak final ilk o`yinida “Ayaks” jamoasi o`z maydonida “Shalke-04” futbolchilarini qabul qildi.
Ushbu o`yinda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi. Har ikki golga Klassen mualliflik qildi.
Yana bir o`yinda “Selta” va “Genk” jamoalari o`zaro raqobatlashdi. Unda vigoliklar qiyinchilik bilan 3:2 hisobida g`alaba qozondi.
Ayaks (Gollandiya) – Shalke-04 (Germaniya) 2:0
Gollar: 1:0 – 23, penalti Klassen, 2:0 – 52 Klassen.
Ayaks – Onana, Virgever, Sanches, Veltman, Sinkgraven (de Ligt, 46), Klassen, van de Bek (de Yong, 88), Klyuyvert (Neres, 74), Ziesh, Yunes, Traore.
Shalke-04 – Fermann, Nastasich, Xevedes, Kerer, Aogo, Mayer (Stambuli, 59), Shopf (Xuntelar, 71), Kalijuri (Konoplyanka, 83), Goretska, Burgshtaller, Bentaleb.
Ogohlantirishlar: Klassen (49), Kerer (87), Stambuli (87), Neres (89).
Selta (Ispaniya) – Genk (Belgiya) 3:2
Gollar: 0:1 – 10 Boetiyus, 1:1 – 15 Sisto, 2:1 – 17 Aspas, 3:1 – 38 Gvidetti, 3:2 – 67 Buffel.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Fontas, Vass (Xosabed, 78), Radoya, Ernandes, Sisto, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 67).
Genk – Rayan, Brabes, Uronen, Kastan, Kolli, Boetiyus (Buffel, 62), Malinovskiy (Xeynen, 90), Berge, Posuelo, Trossard (Sxreyvers, 82), Samatta.
Ogohlantirishlar: Kastan (27), Trossard (73), Sxreyvers (85).






