Milanning “Inter” jamoasi rahbariyati “Monako” hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun 70 mln evrodan voz kechishga tayyor, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri.
Manbaning ta`kidlashicha, “Inter” vakillari “Monako” klubi rasmiylari bilan futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma`lumot uchun, Mbappe ushbu mavsumda “Monako” safida 34 marta maydonga tushib, 21ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi EChL pley-off bosqichida 3 ta gol urgan 19 yoshdan kichik birinchi futbolchi sifatida qayd etildi.






