Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 5-turida “Bunyodkor” Toshkentda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubini qabul qiladi. OFK mazkur o`yinga rasmiylarni tayinladi.
Xitoylik FIFA referisi Fu Ming bosh hakam vazifasida ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Veyming Xuo va Uang Deksin assistentlik qiladi. Hindistonlik Sanjay Kumar uchrashuv komissari bo`lib ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi vazifasi livanlik Ali Redaga yuklatirdi.
“Bunyodkor” va “Al-Ahli” o`rtasidagi o`yin 24 aprel, dushanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 19:00 da boshlanishi ko`zda tutilgan.
Ma`lumot uchun, “S” guruhi 4-turidan keyin “Al-Ahli” 8 ochko bilan guruh peshqadami bo`lib turibdi. “Bunyodkor” o`tkazilgan 4 o`yinda birorta ochko jamg`arish uddasidan chiqa olmadi.






