AsosiySport

“Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasida ishtirok etish uchun O`zbekistondan bitta darvozabon tanlab olinadi

'“Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasida ishtirok etish uchun O`zbekistondan bitta darvozabon tanlab olinadi 'ning rasmi

FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasi “Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo`lib o`tadigan beshinchi mavsumi start olganini e`lon qilgani haqida xabar berilgandi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya`ni, ikki barobar ko`paydi. O`zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy oldi. Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston sharafini “Yashil do`stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko`ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo`lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo`lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo`lishi kerak. Shu maqsadda, O`zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida tanlov e`lon qiladi.

“Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasiga darvozabonlar tanlovi 19 aprel kuni, O`FFning sun`iy qoplamali maydonida soat 10:00 da boshlanadi. Ushbu tadbirda OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin bo`ladi . Nomzodlar orasidan xalqaro musobaqada ishtirok etadigan darvozabonni tanlashda Anvar Rashidov, Marat Galimov va Ruslan Ahmedxonov kabi ekspertlar qatnashadi.

Boshqa yangiliklar