AsosiySport

APL. “Arsenal” qiyinchilik bilan “Midlsbro”ni taslim qildi (Video)

'APL. “Arsenal” qiyinchilik bilan “Midlsbro”ni taslim qildi (Video)'ning rasmi

Angliya chempionati 33-tur so`nggi o`yinida “Arsenal” jamoasi mehmonida “Midlsbro” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Mazkur o`yinda “to`pchilar” qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochgan bo`lsa, 50-daqiqada Alvaro Negredo muvozanatni tikladi.

“Arsenal”ga 3 ochko taqdim qilgan gol muallifi Mesut O`zil bo`ldi. U 71-daqiqada gol kiritishga erishdi.

“Midlsbro” – “Arsenal” – 1:2 (0:1)

Gollar: Negredo 50 – Sanches 42, O`zil 71

“Midlsbro”: Gyuzan, Ayyala, Fabio (Frend 17), Barragan, Gibson, Lidbitter, de Ron (Jestede 79), Ramires (Traore 68), Kleyton, Dauning, Negredo.

“Arsenal”: Chex, Xolding, Monreal, Paulista, Koselni, Remzi, Jaka, O`zil (Belerin 89), Oksleyd-Chemberlen, Sanches (Koklen 89), Jiru.

Ogohlantirishlar: Oksleyd-Chemberlen 4, Lidbitter 7, Paulista 43, Jestede 82.

Boshqa yangiliklar