AsosiySport

EChL. “Real” fantastik o`yinda iroda ko`rsatib, chorak finalga chiqdi (video)

'EChL. “Real” fantastik o`yinda iroda ko`rsatib, chorak finalga chiqdi (video)'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasi chorak final javob o`yinida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Bavariya” futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar qo`shimcha taymlarda 4:2 hisobida zafar quchdi. Dastlabki o`yinda “Real” 2:1 hisobida yutgandi.

Javob o`yinining asosiy vaqtida esa “Bavariya” 2:1 hisobida zafar quchdi. Ammo qo`shimcha taymlarda Ronaldu 2 ta va Asensio bitta gol urib, “Real”ni chorak finalga olib chiqdi.

Real Madrid (Ispaniya) – Bavariya (Germaniya) 4:2

Gollar: 0:1 – 53, penalti Levandovski, 1:1 – 76 Ronaldu, 1:2 – 77, avtogol Ramos, 2:2 – 104 Ronaldu, 3:2 – 109 Ronaldu, 4:2 – 112 Asensio.

Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 114), Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64).

Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 75), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 71), Levandovski (Kimmix, 88).

Ogohlantirishlar: Vidal (5), Kazemiro (40), Xabi Alonso (70), Xummels (75), Robben (101).

Chetlatish: Vidal (84).

Dastlabki uchrashuv: 2:1


Boshqa yangiliklar