Evropa Chempionlar ligasi chorak final javob o`yinida “Atletiko Madrid” klubi safarda “Lester” jamoasi mehmoni bo`ldi.
Teng kurashlar ostida kechgan o`yida 1:1 hisobi qayd etildi. Biroq, dastlabki o`yinda “Atletiko” 1:0 hisobida zafar quchgani uchun aynan Diego Simeone jamoasi chorak finalga chiqdi.
Avvalroq “Real” ikki o`yin natijasiga ko`ra “Bavariya”dan ustun kelib, chorak finalga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Lester Siti – Atletiko – 1:1 (0:1)
Gollar: Vardi 61 - Niges 26
Lester Siti: Shmeyxel, Morgan (Amarti 83), Fuks, Simpson, Benaluan (Chiluell 46), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez, Okadzaki (Uloa 46), Vardi.
Atletiko: Oblak, Godin, Savich, Xuanfran (Ernandes 56), Luis (Korrea 74), Ximenes, Karrasko (Torres 69), Gabi, Koke, Niges, Grizmann.
Dastlabki uchrashuv: 0:1