AsosiySport

Serxio Ramos EChLda tarixiy natija qayd etdi

'Serxio Ramos EChLda tarixiy natija qayd etdi'ning rasmi

“Real Madrid” jamoasi sardori, himoyachi Serxio Ramos “Bavariya”ga qarshi (4:2) EChL chorak final javob o`yinida musobaqadagi 100-uchrashuvda maydonga tushdi.

Ramos Evropa Chempionlari ligasida 100 va undan ortiq uchrashuvda maydonga chiqqan 30-futbolchiga aylandi. O`tkazilgan 100 uchrashuvda himoyachi jamoasi bilan 59 ta g`alaba, 21 durang, 20 ta mag`lubiyatni qayd etgan.

100 ta bahsda Ramos 10 ta gol urgan bo`lsa, ikki marta o`z darvozasini nishonga olgan. Shuningdek, ispaniyalik futbolchi hisobida 30 ta sariq, va 3 ta qizil kartochka mavjud.

Boshqa yangiliklar