AsosiySport

OFKning "Ligalarni rivojlantirish dasturi" asosida Oliy Liga vakillari bilan seminar bo`lib o`tdi

'OFKning "Ligalarni rivojlantirish dasturi" asosida Oliy Liga vakillari bilan seminar bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida Osiyo Futbol Konfederasiyasi milliy futbol assosiyasiyalarini rivojlantirish bo`yicha ofiseri Yogesh Desai hamda Oliy Liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbir davomida OFK vakili yig`ilish ishtirokchilarini OFKning milliy futbol assosiyasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturi bilan tanishtirdi.

Ta`kidlash lozim, avvalroq O`zbekiston Futbol Federasiyasi "Futbol ligasini rivojlantirish dasturiga" kirish uchun zayavka topshirgan va Osiyo Futbol Konfederasiyasi ushbu zayavkani ma`qullagan holda, O`zbekiston Futbol Federasiyasini ushbu dasturga kiruvchi 35ta Futbol Assosiyasiyalari ro`yxatiga kiritgan edi.

Mazkur dasturga Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar kabi davlatlar milliy assosiyasiyalari ham kiradi. Ma`lumot uchun, "Liga rivojlantirish dasturi" - OFKning milliy assosiyasiyalar ligalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha "Liga hamda klublar menejmenti", "Uchrashuvlarni tashkil qilish va o`tkazish", "Liga marketingi" hamda "Liga infratuzilmasi" kabi savollarni qamrab olgan.

Ta`kidlash lozim, ayni damda OFKning yuqorida ta`kidlangan loyiha dasturi asosida O`zbekiston Professional Futbol Ligasi O`zbekiston Chempionati uchrashuvlarini onlayn tarzda translyasiya qilish hamda Oliy Liga futbolchilarini elektron ro`yxatga olish kabi loyihalari ustida ishlamoqda. Shuningdek, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Liga klublari marketingini rivojlantirish va yaxshilashga qaratilgan dastur borasida ham ishlash niyati borligini ta`kidlagan.

Boshqa yangiliklar