AsosiySport

Ueyn Runi “Anderlext”ga qarshi o`yinda maydonga tushishi mumkin

'Ueyn Runi “Anderlext”ga qarshi o`yinda maydonga tushishi mumkin'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi sardori, hujumchi Ueyn Runi jarohatidan forig` bo`ldi. Bu haqda ingliz nashrlari bong urmoqda.

“Qizil iblislar” bosh murabbiyi Joze Mourino angliyalik hujumchining “Anderlext”ga qarshi kechadigan Evropa ligasi chorak finalining javob uchrashuvida ishtirok etishi mumkinligini ma`lum qildi. Ushbu bugun tunda bo`lib o`tadi.

Qayd etish kerakki, sariq kartochkalari tufayli “MYu” safida Erik Bayi, Ander Errera va Genrix Mxitaryan o`yini qo`yib yuboradi.

Eslatib o`tamiz, “Anderlext” va “MYu” o`rtasidagi dastlabki o`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi.

Boshqa yangiliklar