AsosiySport

Evropa Ligasi. “MYu” qiyinchilik bilan “Anderlext”ni taslim qildi va yarim finalga chiqdi (Video)

'Evropa Ligasi. “MYu” qiyinchilik bilan “Anderlext”ni taslim qildi va yarim finalga chiqdi (Video)'ning rasmi

Evropa Ligasi chorak final javob o`yinida “Manchester Yunayted” o`z maydonida “Anderlext” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Anchagina qiziqarli va murosasiz bahsda mankunianlar qo`shimcha taymlarda 2:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo`llanma oldi.

Qayd etish kerakki, mazkur muvaffaqiyatdan keyin “MYu” mag`lubiyatsiz o`yinlari sonini 26 taga etkazib oldi.

Manchester Yunayted (Angliya) – Anderlext (Belgiya) 2:1 (1:1, 0:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 10 Mxitaryan, 1:1 – 32 Xanni, 2:1 – 107 Reshford.

Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Bayi, Roxo (Blind, 23), Shou, Kerrik, Pogba, Lingard (Fellayni, 60), Mxitaryan, Reshford, Ibrohimovich (Marsyal, 90).

Anderlext – Martines, Appia, Mboji, Spayich, Obradovich, Tilemans, Dendonker, Kipchu (Bruno, 64), Xanni (Stanchu, 64), Achimpong, Teodorchik (Telin, 79).

Ogohlantirishlar: Tilemans (11), Appia (97).

Dastlabki uchrashuv: 1:1.

Boshqa yangiliklar