AsosiySport

​Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Qatar Kubogi finaliga olib chiqdi

'​Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Qatar Kubogi finaliga olib chiqdi'ning rasmi

Qatar Kubogi yarim finalida O`zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi to`p surayotgan “Al-Jaish” jamoasi safarda mamlakat chempioni – “Lahviya” bilan o`zaro bahs olib bordi.

“Al-Sadd”ga tegishli Jassim Bin Hamad Stadium maydonida kechgan gollarga boy o`yinda “Al-Jaish” 3:2 hisobida g`alaba qozondi. O`yin yakunida o`zbekistonlik futbolchining goli jamoasiga muhim g`alaba va final yo`llanmasini taqdim qildi.

Mazkur uchrashuvda o`yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Rashidov pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qayd etish kerakki, “Al-Jaish” Qatar Kubogi mukofotining amaldagi sohibi sanaladi.

Qatar Kubogi–2017
Jassim Bin Hamad Stadium
21 aprel, juma

“Lahviya” – “Al-Jaish” 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: I.Muhammad (51), Da Silva (77) – Seydu Keyta (24), Romarino (49), Sardor Rashidov (90)


فيديو : هدف #الجيش الثالث على #لخويا عبر راشيدوف د90 #لخويا_الجيش نصف نهائي #كأس_قطر_2017 pic.twitter.com/bwWq0IiP8G— قناة الكأس (@alkasschannel) 21 aprelya 2017 g.

Boshqa yangiliklar