Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi shu yilning 2–3 may kunlari Turkmaniston termasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. O`rtoqlik o`yinlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.
Bo`lajak o`yinlar O`zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo`lib o`tadigan 2017 yilgi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
Ma`lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o`yinlari shu yilning 17–29 sentyabr kunlari o`tkaziladi.






